
🎨 Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati, Shahrisabz Ijodkorlar uyushmasi hamda
“Deli”
kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan **“Yozgi bolalar tasviriy san’at tanlovi”**da
Shahrisabz shahar 20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi
o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.
🖌 Tanlov davomida o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy salohiyati, tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishi va badiiy mahoratini namoyon etib, munosib ishtirok etdilar.
🌟 Bunday ijodiy loyihalar yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning badiiy tafakkurini rivojlantirish hamda milliy tasviriy san’at an’analarini yanada keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.




