
🎶 Bugun Shahrisabz shahar 20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida akademik
vokal
yo‘nalishi o‘qituvchilari va iqtidorli o‘quvchilari uchun yuksak saviyadagi mahorat darsi tashkil etildi.
🇺🇿 O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori
Samandar Alimov
ishtirokidagi mazkur ijodiy uchrashuvda akademik vokal san’atining nozik jihatlari, ijrochilik mahorati hamda sahna madaniyati borasida muhim tavsiyalar berildi.
✨ Mazmunli muloqot, amaliy mashg‘ulot va ijodiy tajriba almashinuvi bilan kechgan mahorat darsi ishtirokchilarda qiziqish uyg’otdi.




