🎤✨ Shahrisabz shahar 20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi
estrada xonandaligi
bo‘limi tomonidan tashkil etilgan
Botir Zokirov tavalludining 90-yilligi hamda Farrux Zokirov tavalludining 80-yilligi
munosabati bilan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Kitob tumani
10-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining
estrada xonandaligi bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilib, san’atkor yoshlar o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🎶 Kecha davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘lib, tadbir ko‘tarinki ruhda, yuksak saviyada tashkil etildi.

📚 Shuningdek, atoqli shoir Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan maxsus burchak tashkil etilib, uning boy ijodiy merosi keng targ‘ib qilindi.

Share this :
Signup our newsletter to get update information, news, insight or promotions.

Latest Post