
🎨✨ Shahrisabz shahar 20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida
tasviriy va amaliy san’at
fan oyligining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🖌 Tadbir davomida fan oyligi doirasida amalga oshirilgan ijodiy ishlar sarhisob qilinib, o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishi, iste’dodi va ijodiy yondashuvi keng namoyon etildi.
🏆 Shuningdek, fan oyligi davomida faol ishtirok etgan o‘quvchilar hamda o’qituvchilar e’tirof etilib taqdirlandilar.




