
🎭 Shahrisabz shahar Madaniyat saroyida 20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining “Haqiqiy madaniyat o‘lmasin” nomli hisobot konserti tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
✨ Har bir chiqish olqishlarga ulanib ketdi, har bir ijro qalblarni junbushga keltirdi. Yosh iste’dodlarning mahorati va ustozlarning fidokorona mehnati sahnada o‘zining yorqin ifodasini topdi.
🌍 Tadbirda Fransiyadan tashrif buyurgan mehmon Somplei Samuyel ham ishtirok etib, konsert dasturi haqida iliq fikrlarini bildirib, yosh ijodkorlarning iste’dodiga yuksak baho berdi.
🌟 Bugungi oqshom yana bir haqiqatni isbotladi:
Haqiqiy madaniyat o‘lmaydi, u qalblarda yashaydi!




