
🎼✨ Shahrisabz shahrida maktablar o‘rtasida “Iqtidor maktab ansambli” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi 20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi hamkorligida yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov davomida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarining musiqiy iste’dod va ijodiy salohiyatlarini namoyon etib, faol ishtirok etdilar. Tanlov yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ijodiy muhitni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.





