
🎨✨ 2026 yil «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” ga bag’ishlangan xalqaro
«Tasviriy va amaliy san’at festivali» doirasida “Tasvir va tuyg‘u” nomli ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ochilish marosim Madaniyat saroyida tashkil etilib, unda milliy va jahon san’atining o‘ziga xos uyg‘unligi, ijodiy yondashuv hamda estetik qarashlar keng namoyon etildi.
Ochilish marosimi ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar bag‘ishlab, san’atning inson qalbiga ta’sir kuchini yana bir bor yaqqol ifoda etdi.





