
🎨✨ Shahrisabz shahar 20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi tasviriy va amaliy san’at bo‘limi fan oyligi doirasida o‘qituvchilar o‘rtasida kompozitsiya yaratish tashkil etildi.
O’qituvchilar tasviriy san’atga bo‘lgan iqtidorlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida guruhlarga bo‘linib, turli kompozitsiyalar yaratdilar. Ushbu jarayon ijodiy yondashuv, hamkorlik va mahoratni namoyon etish imkonini berib, har ikki guruh ham munosib va ijobiy baholandi.





