
🎶 Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani 26-son Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan
“Yoshlar ijrosida dutor sadosi”
ko‘rik-tanlovida Shahrisabz shahar
20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi
o‘quvchilari munosib ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdilar.
🏅 Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti, G‘anijon Toshmatov nomidagi dutorchilar ansambli rahbari
Zamira Suyunova
boshchiligida ishtirok etgan yosh ijrochilar quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdilar:
🥇 Do‘stova Kumush — I o‘rin sohibasi;
🥈 “Guldasta” dutorchilar ansambli — II o‘rin sohibi;
🎼 Jurnavoz: Murodov Daler
👩🏫 Ustoz: Ismoilova Matluba
🌟 Mazkur yutuqlar yosh iste’dodlarning milliy musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishi, ustozlarning fidokorona mehnati samarasidir.




