
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ–3514-son “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 2-iyun kuni
Shahrisabz shahar 20-son Bolalar musiqa va san’at maktabi
o‘qituvchilari tomonidan mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish, tarixiy va tabiat maskanlari bilan yaqindan tanishish, jamoa a’zolari o‘rtasida hamjihatlik va do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida Shahrisabz tumanida joylashgan Miraki dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Miraki maskanining betakror tabiati, musaffo havosi, go‘zal tog‘ manzaralari va dam olish uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.




