
🎼📚 Shahrisabz shahar 20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida 2025–2026 o‘quv yilining yakuniy Pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida o‘quv yili mobaynida amalga oshirilgan ta’limiy, ijodiy va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlar sarhisob qilinib, erishilgan yutuq va natijalar atroflicha tahlil etildi.
📊 Bo‘limlar kesimida yillik hisobotlar tinglanib, o‘quvchilarning ko‘rik-tanlovlar, festival va turli madaniy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtiroki hamda qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlari alohida e’tirof etildi.
🎯 Shuningdek, yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinib, ta’lim sifatini yanada oshirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va san’at ta’limi samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.




