🇺🇿 #BAYROG‘IM_FAXRIM!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi keng nishonlanmoqda!

🇺🇿 Yurtimiz mustaqilligi, milliy g‘ururimiz va xalqimiz birdamligining yorqin timsoli bo‘lgan Davlat bayrog‘imizning 35 yilligi munosabati bilan Shahrisabz shahar 20-sonli BMSM pedagoglari hamda o‘quvchilari bayramga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqdalar.

🎶 Ayni kunlarda maktabimizda bayramona ruh, ko‘tarinki kayfiyat va vatanparvarlik tuyg‘ulari mujassam. Ustozlar va o‘quvchilar birgalikda ushbu muhim sanani munosib nishonlash, bayrog‘imizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirish yo‘lida tayyorgarlik ishlarini olib bormoqdalar.

🇺🇿 Bayrog‘imiz — g‘ururimiz, faxrimiz va Vatanimiz sha’nining yuksak timsoli!

Share this :
Signup our newsletter to get update information, news, insight or promotions.

Latest Post