O‘quvchilar muassasaga yo‘nalishlar kesimida vazirlik tomonidan ajratilgan qabul kvotalari doirasida o‘qishga qabul qilinadi.
Qabul kvotalari muassasaning quvvati, moddiy-texnik bazasi, mutaxassis kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda shakllantiriladi.
Qabul komissiyasi tarkibiga muassasa direktori, mas’ul kotib, direktorning o‘quv-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va tajribali pedagoglar kiritiladi. Muassasa direktori qabul kamissiyasi raisi hisoblanadi.
Qabul sinovlari qabul komissiyasi huzurida o‘tkaziladi. Qabul sinovlari bir marta topshiriladi, qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
musiqa yo‘nalishi (fortepiano, torli cholg‘ular, estrada cholg‘u ijrochiligi, xalq cholg‘ulari, damli va zarbli cholg‘ular, an’anaviy cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) bo‘yicha musiqa ritmiga moslashishi, qo‘shiq aytishi, musiqani eshitishi va eslab qolishi;
san’at yo‘nalishlari:
xoreografiya bo‘yicha jismonan ma’qulligi (tana va oyoqlarning egiluvchanligi), ritmga moslashishi, musiqani eshitishi;
tasviriy va amaliy san’at mutaxassisliklari bo‘yicha tasavvuridagi
narsa-buyum yoki manzarani chiza olishi;
teatr san’ati mutaxassisliklari bo‘yicha she’r yoki monologni yoddan ifodali o‘qishi va ovoz yoki harakatga nisbatan taqlid qila olishi.
baxshichilik san’ati bo‘yicha, xalq og‘zaki (dostondan parcha) ijodidan namuna kuylash, inprovizatsiya. Musiqaga moslashish.
Qabul komissiyasi a’zolarining ko‘pchiligi ijobiy ovoz bergan taqdirda o‘quvchi qabul sinovidan o‘tgan hisoblanadi.
Qabul komissiyasining raisi barcha a’zolardan so‘ng ovoz beradi. Ovozlar soni teng bo‘lib qolganda qabul komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Birinchi sinfiga qabul qilingan o‘quvchilarni musiqa cholg‘ulari bo‘yicha taqsimlash huquqi komissiya a’zolariga beriladi.
Qabul komissiyasining ijobiy qaroriga asosan muassasa direktori o‘quvchini o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
bolalar musiqa va san’at maktabidan o‘qishi ko‘chirilgan o‘quvchilar bundan mustasno.
Shahrisabz shahar Kulollik MFY , Kulollik ko`chasi 82 v-uy
+998(91) 211 50 00
ta’lim olgan joyidan ma’lumotnoma;
o‘quvchining baholar (o‘zlashtirish) tabeli;
yakka tartibdagi ish rejasi (musiqa yo‘nalishlari uchun).
3. O‘quvchini bir ta’lim yo‘nalishidan boshqa ta’lim yo‘nalishiga o‘tkazish ta’limning faqatgina birinchi va ikkinchi bosqichida amalga oshiriladi.
4. Bir ta’lim yo‘nalishidan boshqasiga o‘tkazish muassasa direktorining buyrug‘iga asosan besh kishidan iborat tarkibda tuziladigan o‘quvchilarning o‘qishini bir ta’lim yo‘nalishidan boshqasiga ko‘chirish komissiyasining (bundan buyon matnda ko‘chirish komissiyasi deb yuritiladi) qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Ko‘chirish komissiyasi tarkibiga muassasa direktori, direktorning o‘quv-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va tajribali pedagoglar kiritiladi. Direktor ko‘chirish komissiyasi raisi hisoblanadi. Ko‘chirish komissiyasi o‘quv yili davomida faoliyat yuritadi.
Yuqori sinflarda bir ta’lim yo‘nalishidan boshqa ta’lim yo‘nalishiga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5. Ko‘chirish komissiyasi tomonidan o‘quvchini bir ta’lim yo‘nalishidan boshqasiga o‘tkazishda uning ta’lim olayotgan yo‘nalishi bo‘yicha maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarining minimal darajasini bilishi hisobga olinadi.
6. Ko‘chirish komissiyasining qarori o‘quvchiga darhol e’lon qilinadi. Ko‘chirish komissiyasining qarori ijobiy bo‘lgan taqdirda, unga asosan direktor o‘quvchini tanlagan ta’lim yo‘nalishiga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.