
Qashqadaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i I. Turayev ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Shahrisabz shahar 20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining Dikrektor hamda yosh pedagog o’qituvchilari ishtirok etdilar.
Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda 900 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Unda yoshlarning madaniyat va san’at sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, kasbiy rivojlanishi hamda yangi imkoniyatlardan samarali foydalanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, soha rahbari bilan fikr almashdi.





