#PReZiDenT_FaRMoNLaRi_ #IjRoSi_aMaLDa_ 📜Ta’limda hamkorlik🎼

 

Yosh avlodni milliy qadriyatlar va boy madaniy merosimiz ruhida tarbiyalash, shuningdek, Prezident qarorlarini samarali ta’minlash maqsadida 20-sonli BMSMning
o‘zbek xalq cholg‘ulari bo‘limi boshlig‘i Boboqulov Nodir va Xalq cholg’u bo’limi o’qituvchilari
tomonidan navbatdagi tashabbus amalga oshirildi.
🤝 Ushbu jarayonda shahrimizdagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Alisher Mustafoyev bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Hamkorlikning ilk qadami sifatida 2-“A” sinf o‘quvchilari milliy cholg‘ularimiz bilan yaqindan tanishtirildi.
🌟 Dars davomida ustoz va o‘quvchilar o‘rtasidagi iliq muloqot, milliy kuylarning jarangi bolajonlarga quvonch va faxr bag‘ishladi. Ayniqsa, kichik yoshdagi o‘quvchilarning san’atga qiziqishi va quvnoq kayfiyatlari dars jarayonini yanada mazmunli qildi.🎶

ShaHRiSaBZ ShaHaR 20-SoNLi BoLaLaR MuSiQa Va SaN’aT MaKTaBi……🎼

✅ Telegram 👉 https://t.me/kesh20bmsm

@iRoDaXoN_NF👈Murojaatlar✅

Share this :

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *