# _ Ona tilim – millatim faxru g‘ururi! 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan

# _ Ona tilim – millatim faxru g‘ururi!

21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili
maqomi berilgan sana munosabati bilan Shahrisabz shahar 20-sonli Bolalar Musiqa va San’at maktabining
Kutubxona mudirasi Murtazayeva Ra’no
tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuksak ruhda o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarimiz va o‘qituvchilarimiz ona tilimizning bebaho go‘zalligi, boy tarixiy ildizlari va milliy o‘zligimizni ifodalovchi qudratli ma’naviy boylik ekanini chuqur his ettiruvchi chiqishlar bilan ishtirok etishdi. She’rlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari orqali o‘zbek tilining jozibasi va ifoda imkoniyatlari yuksak badiiylikda namoyon etildi.

🎶 20-sonli BMSM jamoasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir ona tilimizga ehtirom, milliy qadriyatlarga sadoqat va ma’naviy yuksalish g‘oyalariga boy bo‘ldi.
ShaHRiSaBZ ShaHaR 20-SoNLi BoLaLaR MuSiQa Va SaN’aT MaKTaBi……🎼

✅ Telegram 👉 https://t.me/kesh20bmsm

@iRoDaXoN_NF👈Murojaatlar✅

Share this :

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *