
Shahrisabz shahar 20-sonli BMSM truba sinfi o‘qituvchi Mahmudov Javlonbek Sayfullayevich tomonidan “Truba cholg‘usida dastlabki ijrochilik ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.
🎶 Ochiq dars davomida o‘qituvchi darsga mahorat bilan yondashib, samarali o‘qitish usullari va amaliy mashqlar orqali o‘quvchilarga zarur tushunchalarni berdi. Dars mazmunli va qiziqarli tarzda tashkil etilib, o‘quvchilarning ijrochilik mahoratini oshirishga xizmat qildi.




