
2-sentabr — Shahrisabz shahar 20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida yangi o‘quv yilining ilk quvonchli qadamlari bilan boshlandi!
Bugun maktabimizning 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilari uchun ilk tanishuv tadbiri tashkil etildi. Unda jajji iste’dod egalari maktab muhiti, ustozlar va san’at olami bilan yaqindan tanishib, yangi do‘stlar orttirdilar.
🎶 Ushbu kichik, ammo mazmunan katta tadbir bolajonlarning qalbida san’atga bo‘lgan ilk mehr va qiziqishni uyg‘otdi.
20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi — iste’dodlar kamol topadigan maskan! 🌟





