
Shahrisabz shahar 20-son Bolalar musiqa va san’at maktabida
“Aktyorlik mashg‘ulotlari va o‘yinlar”
mavzusida tashkil etilgan o’yinlar bellashuvi qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi.
🎬 Mazkur bellashuv davomida o‘quvchilar aktyorlik mahoratini oshirish, sahna nutqi va erkin harakat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan turli interaktiv o‘yinlar va amaliy mashqlarda faol ishtirok etdilar.
👏Bellashuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularning ijodiy salohiyatini namoyon etish hamda san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.




