
Obod va fayzli mahalla yurt ko’rki!
Yurtimiz obodligi, mahallamiz, xonadonimizning sarishtaligiga har birimiz doimo daxldormiz.
🌿Ma’lumki, yurtimizda 22–23 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, atrof-muhitni asrab-avaylash, mahallalarda pokiza va fayzli muhitni shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda..
♻️Erta tongdan Shahrisabz shahar 20-son Bolalar Musiqa va san’at maktabida“ MAHALLA OBOD-YURT OBOD ” shiori ostida Umumxalq xayriya hashari ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.
🍀Barcha mevali daraxtlar oqlanmoqda, daraxtlarga shakl berilib, hudud atrofi begona o’tlardan tozalanmoqda.




