
🎭✨ Fan oyligi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi ✨🎭
Bugun 20-son Bolalar musiqa va san’at maktabida Teatr aktyorligi va Xoreografiya bo’limi fan oyligining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ochilish marosimi davomida ajoyib va mazmunli sahna ko‘rinishlari, go‘zal raqslar hamda badiiy chiqishlar namoyish etilib, san’atning tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyati yana bir bor yuksak darajada ifoda etildi.
Shuningdek, Shahrisabz shahar Temuriylar maktabining harbiy o‘quvchilari mehmon sifatida tashrif buyurib, tadbirga alohida fayz va ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar.





