
Shahrisabz shahar 20-son Bolalar musiqa va san’at maktabida buyuk shoiramiz
Zulfiya Isroilovaning 111 yilligi
munosabati bilan tashkil etilgan
“Zebi zamona Zulfiya xonim”
nomli tadbir o‘tkazildi.
🌸 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan she’riy kompozitsiyalar, badiiy chiqishlar va musiqiy dasturlar namoyish etilib, shoiraning boy ijodiy merosi keng yoritib berildi.
🌟 Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va adabiyotga cheksiz ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.





