
Shahrisabz shahar
20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa orqali bilim va dunyoqarashni kengaytirish maqsadida har payshanba kuni “Kitobxonlik kuni” o‘tkazilmoqda.
📖 Bugun ushbu tashabbusni
Musiqa nazariyasi
bo‘limi boshlab berdi. Bo‘lim jamoasi kitob mutolaasiga e’tibor qaratib, kitobxonlik an’anasini ta’lim muassasasi hayotiga keng tatbiq etishga o‘z hissasini qo‘shdi.
✨ Kitobga oshno qalb — ma’rifat sari intilgan qalb!





