
✨ Ustozga berilgan ehtirom — kelajak avlodga berilgan eng katta e’tirof!
Shahrisabz shahar 20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustoz — mehringiz qalbimda” nomli tantanali konsert dasturi yuksak saviyada, ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhda o‘tkazildi.
🎶 Nafis kuy-qo‘shiqlar, mahoratli ijrolar va samimiy tilaklar orqali ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va minnatdorlik tarannum etildi.
🌟 Zero, ustoz — iste’dodni kashf etuvchi, qalblarga ilm va san’at urug‘ini qadovchi buyuk yo‘l ko‘rsatuvchidir!





